2023-yilda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan birqator tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘tgan yillar davomida Yevropa va Jahon savdo tashkilotlari va xalqaro talablardan kelib chiqib, 40 ta sanitariya qoida va me’yorlari yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa, 2023-yilning o‘zida 14 ta sanitariya qoida va me’yorlari yangi tahrirda qabul qilindi va xalqaro andozalarga moslashtirildi.
Qo‘mitaning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-iyuldagi 272-son qarori bilan qo‘mita huzurida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi. Markaz tomonidan hozirgacha 417 ta mutaxassis malaka oshirdi va qayta tayyorlovdan o‘tdi. Markaz Niderlandiya, AQSH, Koreya, Malayziya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
2023-yilda AQSh kasalliklarni nazorat qilish markazlari (CDC) va Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan birgalikda amaliy epidemiologiya (FETP) dasturi doirasida “Epidemiologiya asoslarini o‘qitish” bo‘yicha kurslarda 20 nafar mutaxassis malakasini oshirib, epidemiologiya sohasidagi ilg‘or tadqiqot uslublarini amaliyotga qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ldi.
2023-yilda respublika bo‘yicha tibbiiyot oliy ta’lim muassasalarining tibbiy-profilaktika fakultetining 456 bitiruvchilarining ishga joylashish jarayoni hamda yosh mutaxassislarning ish faoliyati monitoringi amalga oshirildi.
Aholining epidemiologik barqarorligini ta’minlash maqsadida Yevropa hamda O‘zbekistonning Afg‘oniston, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi qo‘shni davlatlarda qayd etilayotgan poliomiyelit, qizamiq, qizilcha kasalliklarining mamlakatimiz hududiga kirib kelishi va tarqalish xavfini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar yanada takomillashtirildi.
2023-yilda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun 205 mlrd. so‘m ajratildi, 2017-yilda ajratilgan mablag‘larga nisbatan 10 baravarga ortdi va bolalarni 13 xil kasalliklarga qarshi emlash orqali emlash qamrovi 95 foiz yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonning jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksport qilishga yaqindan yordam ko‘rsatilmoqda.
Yil davomida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadigan 1788 ta eksportyor korxonalar ro‘yxati shakllantirildi. Ularga 1452 nafar qo‘mita xodimlari biriktirilib, 1788 ta eksportyor korxonalarda monitoring o‘tkazildi, ularning muammolari o‘rganildi. Chetdan olib kelinadigan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosalar rasmiylashtirish jarayoni 30 foizgacha qisqartirildi.
Soha rivoji va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida 243,4 mln. AQSH dollarlik 5 ta investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Qo‘mita qoshida tashkil etilgan Milliy referens laboratoriya va 21 ta tarkibiy muassasalar laboratoriyalar xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib, ular tomonidan o‘tkazilgan xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil natijalari oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti jarayonlarida dunyo mamlakatlarida tan olinmoqda.


