Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri hokimiyati Yangi yil munosabati bilan rejalashtirilgan bayram tadbirlarini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda “Interfaks” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, tejalgan mablag‘lar safarbarlik uchun yo‘naltiriladi.
“Saroy maydonida va Nevskiy prospektida konsert, mushakbozlik, xayriya ziyofati bo‘lmaydi”, — deyiladi xabarda.
Bolali oilalar uchun yangi yil dasturlari va an’anaviy archa bayrami o‘tkaziladi. Xuddi shunday qaror Leningrad viloyati hokimiyati tomonidan ham qabul qilingan.


