Buyuk Britaniyada saraton kasalligini bir necha daqiqada aniqlash mumkin bo‘lgan test yaratildi. Test orqali o‘simtaning dastlabki bosqichlarida, hali hech qanday alomatlar bo‘lmaganda ham tashxis qo‘yish imkonini beradi.
Uning aniqligi 90 foizni tashkil etdi. Ushbu nafas testi, birinchi navbatda, ichak, qizilo‘ngach, oshqozon va oshqozonosti bezi saratonini aniqlashga qaratilgan. London Imperial kolleji olimlari jamoasi bir necha yillardan beri bir necha yuz kishi ishtirokida klinik sinovlar o‘tkazmoqda. Mutaxassislar buning uchun plastik quvurlardan foydalangan. Asboblarning ichki qismini qoplaydigan material bug‘ va gazlarni ushlab turadi.
Sinov paytida nafas chiqarilgan havoda qizilo‘ngach va oshqozon saratoni bilan og‘rigan bemorlarga xos bo‘lgan birikmalar topiladi. Malign hujayralar uchuvchi organik birikmalar hosil qiladi va ular shifokorlarga tashxisni aniqlashga yordam beradi. Bugungi kunda oshqozon va qizilo‘ngach saratonini tashxislashning asosiy usuli gastroskopiya hisoblanadi. Jarayon invaziv va qimmat. Aksariyat tibbiyot muassasalarida uni o‘tkazish imkoniyati yo‘q. Olimlar jamoasining vazifasi muqobil va ayni paytda kasallikni aniqlashning arzon usulini topishdir.