Italiyaning Sardiniya oroli hukumati bu yerga doimiy yashash uchun ko‘chib keluvchilarga 15 ming yevro miqdorida grant berilishini eʼlon qildi.
Hozirda Sardiniyaning qishloq joylarida yashovchi yoshlar ommaviy ravishda Italiyaning yirik shaharlariga ketib qolmoqda.
«Sardiniya bu yerga ko‘chib keluvchilar yoki shu yerda oila qurishni istaydiganlar uchun serhosil yerga aylanadi», — deyiladi avtonom oblast prezidenti Kristian Solinasning bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, orolda yashashga qaror qilgan yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Grantlar Sardiniyadan uy sotib olgan yoki oroldagi uyni taʼmirlaganlargagina ajratiladi. Grant oluvchilar 3 ming nafardan kam odam yashaydigan aholi punktiga ko‘chib kelishi shart.


