1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Sardor Umrzoqov Amir Xon Mutaqqiy bilan muzokara o‘tkazdi

Unda Transafg‘on temiryo‘li loyihasi muhokama qilingan.

Sardor Umrzoqov Amir Xon Mutaqqiy bilan muzokara o‘tkazdi

 

Afg‘oniston tashqi ishlar v.b. Amir Xon Mutaqqiy O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Afg‘oniston TIV rasmiy vakili Abdul Qahhor Balxiy maʼlum qildi.

 

Muzokaralar videokonferensiya aloqa ko‘rinishida bo‘lgan. Tomonlar savdo va transport sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan. Shuningdek, Termiz-Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temiryo‘li qurilishi masalasi ko‘rib chiqilgan.

 

Abdul Qahhor Balxiyga ko‘ra, Amir Xon Mutaqqiy tez orada temiryo‘l bo‘yicha yakuniy reja ishlab chiqilishi yakunlashi va O‘zbekiston tomoniga taqdim etilishini maʼlum qilgan. U Toshkent Kobul tashqi siyosatida alohida o‘rin egallashini qayd etgan.

 

Avvalroq O‘zbekiston toliblarga afg‘on samolyotlarini qaytarmasligi maʼlum bo‘lgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика