Olimlar Saturnning yo‘ldoshi Enseladeda hayot uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalar mavjudligini aniqlashdi.
Enselade Saturnning oltinchi eng katta yo‘ldoshi hisoblanadi. U qalin muz qobig‘i bilan qoplangan va ostida okean mavjud.
Tadqiqot davomida muzdagi yoriqlardan oqib chiqayotgan geyzerga o‘xshash suv oqimlari aniqlandi. Koinot chang analizatori ularning tarkibida uchuvchi moddalar, jumladan, karbonat angidrid, suv bug‘i va uglerod oksidi aralashmasi borligini ko‘rsatdi. Kam miqdordagi molekulyar azot, oddiy uglevodorodlar va murakkab organik moddalar ham aniqlangan.
Olimlar Enseladeda ammiak va noorganik fosfor mavjudligini taʼkidlashdi. Ular Renfild koeffitsiyentini ham hisobga olishdi – uglerod, azot va fosfor nisbati, hayotning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi


