1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo hadya qildi

Insonparvarlik yordami markazi tomonidan Qurbon hayiti arafasida dunyo bo‘ylab xurmo tarqatish an’anaga aylangan.

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 25 tonna xurmo hadya qildi

 

Saudiya Arabistonining podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi O‘zbekistonga beg‘araz ko‘mak sifatida 25 tonna xurmo yubordi.

 

Qurbon hayiti arafasida yo‘llangan hadyani Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulovga topshirdi.

 

Marosimda Diniy idora raisining iqtisod ishlari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Eshimov, "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Isoxon Abdullayev, podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi vakillari Adnan Xatim Asiriy va Alaqil Abdulhakim Sa’ad ham qatnashdi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Vaqf" xayriya jamoat fondi xabariga ko‘ra, hadya qilingan xurmo jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda "Muruvvat" uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.

 

Ma’lumot uchun, ushbu markaz Qurbon hayiti arafasida dunyo bo‘ylab xurmo tarqatishi an’anaga aylangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика