Saudiya Arabistoni podshohligi tomonidan O‘zbekistonga xurmo mahsulotlari sovg‘a sifatida taqdim etildi. Bu haqda podshohlikning Toshkent shahridagi elchixonasi asoslanib, Kun.uz xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al–Utaybiy podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi vakillari bilan hamkorlikda 6-iyun kuni Ikki muqaddas masjid xodimi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning sovg‘asini – 25 tonna xurmoni O‘zbekiston hukumatiga, O‘zbekiston musulmonlar idorasiga, “Vaqf” xayriya jamoat fondiga hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga topshirgan.


