1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saudiya Arabistonidan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro deport qilindi

Aniqlanishicha, bu ikki fuqaro Qirg‘iziston Respublikasining qalbaki pasporti bilan 2019 yil Umra safariga borib kelgan.

Saudiya Arabistonidan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro deport qilindi

 

Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi

 

Allohga shukrki, ikki yillik tanaffusdan so‘ng yurtimiz ahli Umra ibodatini ado etish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Hozirgi kunda har kuni ikki marta aviaparvoz Saudiya Arabistoniga muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

 

Diyorimiz ziyoratchilari uchun Makka va Madina shaharlarida barcha shart-sharoitlar eng yuqorida darajada muhayyo qilindi. Buni – Umra safarida bo‘lib turgan ziyoratchilarning minnatdorlik so‘zlari, samimiy eʼtiroflaridan ham yaqqol ko‘rish mumkin.

 

Kezi kelganda, safar bilan bog‘liq ayrim ko‘ngilsiz holatlarni ham aytib o‘tish kerak. Xususan, joriy Umra mavsumida Madina aeroportida ikki nafar ziyoratchimiz Saudiya Arabistoni Chegara xavfsizlik xizmati tomonidan to‘xtatib qolingan va ularda mamlakatga kirishga taqiq borligi aniqlangan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ikki nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasining qalbaki pasporti bilan 2019 yil Umra safariga borib kelgan. Saudiya Arabistonidan chiqish vaqtida Saudiya qonunlarini buzgani uchun mamlakat chegara xavfsizlik xizmati tomonidan ularga nisbatan mamlakatga kirish uchun 10 yil muddatga taqiq belgilangan. Shu bois, ushbu fuqarolar podshohlikka kiritilmagan. Hozirda ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

 

"Shu o‘rinda, mo‘min-musulmonlardan Umra safarini turli qing‘ir yo‘llar orqali, noqonuniy amalga oshirmaslik hamda har-xil ko‘ngilsizliklarga duchor bo‘lmaslikka chaqiramiz.

Xalqimizda “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqadi”, degan hikmat bor. Mazkur ikki fuqaro avvalo o‘zlarini muborak haj va umra amallarini ado etish baxtidan mosuvo etdilar, qolaversa ziyoratchilarimizga ajratilgan ikki o‘rinni behuda ketishiga sababchi bo‘ldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ibodatlaringiz mukammal, safaringiz xavfsiz va xotirjam bo‘lishi tarafdoridir. O‘z navbatida, sizdan turli aldovlarga uchmasdan, hukumat ko‘magida tashkil etilayotgan rasmiy, xavfsiz va ishonchli umra ziyoratini ado etishni tavsiya etamiz‘, — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика