Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari olib ketayotgan avtobus ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ko‘plab fuqarolar yaralangan, 20 kishi halok bo‘lgan.
Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarga ko‘ra, tormozi bo‘shatilgan yo‘lovchi avtobusi mamlakat janubi-g‘arbiy qismidagi Abha va Muhayil Asir shaharlari o‘rtasidagi ko‘prikka borib urilgan.
Yaman matbuotiga ko‘ra, halokatga uchragan avtobusda yamanlik umra ziyoratchilari bo‘lgan.


