1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Saudiyalik tadbirkor 2,5 million yevroga chipta sotib oldi

U endi Messi va Ronaldu bilan suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Saudiyalik tadbirkor 2,5 million yevroga chipta sotib oldi

 

Biznesmen Mushraf al-G‘amdiy “PSJ” va “Al-Nasr” va “Al-Hilol” birlashgan jamoasi o‘rtasidagi o‘yinga 2,5 million yevroga chipta sotib oldi. Bu haqda Saudiya Arabistonidagi Ko‘ngilochar ishlar bo‘yicha bosh boshqarmasi raisi Turki Al-ash-Shayx maʼlum qildi

 

Qayd etilishicha, mablag‘ Saudiya Arabistoni davlati “Ehson” xayriya tashkilotiga yo‘naltiriladi. Xarid qilingan chipta nafaqat xayriya ishlariga hissa qo‘shadi, balki Al-G‘amdiyga o‘yinni “VIP” maydondan tomosha qilish va o‘yin tugagandan so‘ng kiyinish xonasiga kirish va Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan uchrashish imkonini beradi.

 

“PSJ” va Saudiya Arabistonining ikki eng yaxshi jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv ertaga Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика