“Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga ko‘ra, saylovni yorituvchi ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi va ularga maxsus guvohnoma beriladi.
OAV vakillari saylov jarayonida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan guvohnoma hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini o‘zi bilan birga olib yurishi va vakolatli shaxslar talabiga muvofiq ularni ko‘rsatishi shart.
O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjat talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Markaziy saylov komissiyasining saylov.uz sayti orqali saylov uchastkangizning geologik joylashuvini bilib olish imkoniyati haqida xabar berilgandi.
Maftuna Rejabboyeva tayyorladi


