1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sayyoradagi yovvoyi hayvonlar 70 foizga kamaydi

Hayvonlar uchun yashash tobora qiyinlashib bormoqda.

Sayyoradagi yovvoyi hayvonlar 70 foizga kamaydi

 

Salkam 50 yil vaqt ichida sayyoradagi yovvoyi hayvonlarning populyatsiyasi o‘rtacha 69 foizga kamaydi. Bu o‘rmonlarning kesilishi, sanoat miqyosida atrof-muhitning ifloslanishi fonida sodir bo‘lgan.

 

“The Guardian” nashrining yozishicha, 1970-2018-yillar oralig‘ida hayvonlar populyatsiyasida tez pasayish kuzatilgan. Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasida, jumladan, Amazonkada yovvoyi hayvonlar populyasiyasining eng keskin qisqarishi ro‘y bergan.

 

Ikkinchi eng katta pasayish Afrikada – 66 foiz, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida – 55 foiz va Shimoliy Amerikada – 20 foiz. Yevropa va Markaziy Osiyoda esa pasayish 18 foizni tashkil etdi.

 

Yerdan foydalanishning o‘zgarishi hali ham sayyoradagi biologik xilmaxillikni yo‘qotishning eng muhim omili bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hayvonlar uchun yashash tobora qiyinlashib bormoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика