1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Selena Gomes AQSHdan deportatsiya qilinishi mumkin

Uning Tramp siyosati haqida aytgan gaplari tanqidga uchradi.

Selena Gomes AQSHdan deportatsiya qilinishi mumkin

Amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes noqonuniy muhojirlarning deportatsiya qilinishiga qarshi chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z munosabatini bildirganidan so‘ng unga nisbatan deportatsiya tahdidlari paydo bo‘ldi.

 

Gomes o‘zining Instagram sahifasida ko‘z yoshlarini tiya olmagan holda meksikalik muhojirlarni qo‘llab-quvvatlovchi video joylagandi. Videoda u AQSH prezidenti Donald Trampning noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha qabul qilgan qaroridan chuqur qayg‘uda ekanini bildirgan.

 

Mazkur chiqishidan so‘ng, Gomesga qarshi tanqidiy fikrlar bildirildi. AQSH senatiga nomzod Sem Parker X ijtimoiy tarmog‘ida eʼlon qilgan postida qo‘shiqchini "Amerika fuqaroligini qadrlamaslikda" ayblab, uning deportatsiya qilinishi kerakligi haqida bayonot berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Selena Gomesning otasi meksikalik. Uning buvisi va bobosi 1970 yillarda Meksikaning Monterrey shahridan AQSHga muhojir sifatida kelgan.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика