Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomez Instagram tarmog‘ida 400 million obunachi to‘play olgan birinchi ayol bo‘ldi.
Bir necha hafta ichida yulduzning auditoriyasi keskin oshib ketdi. Selena ijtimoiy tarmoqdagi eng mashhur ayol — Kayli Jennerdan oldinga chiqib oldi. Shunday qilib, u Ariana Grande, Beyons, Kim Kardashian, Teylor Svift va Kendall Jennerlarni ham ortda qoldirdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, xonandaning Instagramda tez o‘sishiga yaqinda uning Xeyli Biber va Kayli Jenner bilan o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan. Ommaviy janjal tufayli Selena Gomez bir muddat tarmoqni tark etishini eʼlon qildi.


