1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Semirish global epidemiyaga aylanishi mumkin

Bu inson salomatligi uchun misli ko‘rilmagan xavf tug‘diradi.

Semirish global epidemiyaga aylanishi mumkin

Maʼlumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2021 yilda so‘nggi o‘ttiz yil ichida ortiqcha vaznli va semirib ketgan kattalar soni 1990 yilga nisbatan 2,11 milliardga ko‘paygan. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida bu ko‘rsatkich xuddi shu davrda 198 milliondan 493 millionga oshgan.

 

2050 yilga kelib semirib ketgan yoshlar soni 360 millionga yetishi prognoz qilinmoqda, bu 2021 yilga nisbatan 121 foizga oshadi.

 

Semizlikning eng yuqori darajasi Okeaniya, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda qayd etilgan. Misol uchun, Nauru va Tongada katta yoshli ayollarning 70 foizdan ortig‘i semirib ketgan. Qo‘shma Shtatlarda  erkaklarning taxminan 42 foizi va ayollarning 46 foizi semirib ketgan.

 

Tadqiqot mualliflari semirishning ko‘payishini sog‘liqni saqlash siyosatidagi global muvaffaqiyatsizliklar va samarali profilaktika choralari yo‘qligi bilan izohlaydi. Semirib ketish 2-toifa diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya va saratonning ayrim turlarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика