Ramzan Qodirov qisman safarbarlikka qarshi chiqayotgan rus fuqarolariga murojaat qilib, ularni qo‘rqoq va xoinlar deb atadi.
“Davlatga muhtoj bo‘lganingda, o‘z huquqlaring hurmat qilinishini talab qilasan. Komfort zonangni kengaytirmoqchi bo‘lsang, vatan haqida og‘iz ko‘pirtirasan.
Lekin davlat sening qo‘llab-quvvatlashingga muhtoj bo‘lib, seni chaqirganda-chi? Yo‘q, sen xalqqa sodiq bo‘lging kelmayapti. Oddiygina qo‘rqoqsan, qarindoshlaring, do‘stlaring, tanishlaring, uying, shahring qolib, quyon qalbingning qulisan”, — deb yozadi Qodirov o‘zining rasmiy telegram kanalida.


