1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Senat O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini belgilashga doir hujjatni maʼqulladi

Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Senat O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini belgilashga doir hujjatni maʼqulladi

 

Senatorlar bugungi yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni ko‘rib chiqishdi.

 

Hujjat Prezidentlar Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan 2022-yil 21-dekabr kuni imzolangan edi.

 

Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi chegaraning demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 356  kilometrdan ortiq.

 

Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi.

 

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика