Bugun, 18 dekabr kuni Oliy majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda, "2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini qizg‘in muhokama qilmoqda.
Qonun yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov maʼruza qildi.
O‘z navbatida, senatorlar qonun yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javob olmoqda. Muhokamalar jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.


