1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Senatning 17 yalpi majlisi 30 iyul kuni chaqiriladi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash hamda Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga qo‘shilish haqidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, 2021 Davlat dasturining yarim yillik ijrosi, IIVning huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining moratoriyga amal qilinmaslik holatlari bo‘yicha axborotlari tinglanadi.

Senatning 17 yalpi majlisi 30 iyul kuni chaqiriladi

 

 

26 iyul kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar 17 yalpi majlisni 30 iyul kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda yuqori palata axborot xizmati.

 

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda quyidagi hujjatlar muhokama qilinadi:

  • «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash to‘g‘risida» gi qonun;

  • «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» gi qonun;

  • «Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi qonun;

  • «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi qonun;

  • «Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga (Jeneva, 2015 yil 9 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida» gi qonuni.

 

Bundan tashqari, «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya (Toshkent, 2021 yil 15−16 iyul) yakunlaridan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi ham nazarda tutilgan.

 

 

Shu bilan birga, senatorlar 2021 yilgi Davlat dasturining birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti, IIVning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning (moratoriy davrida) kesilishiga doir axborotlarini eshitishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика