1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Senator va deputatlar MDH medallari bilan taqdirlandi

Taqdirlash marosimida MDH Parlamentlararo Assambleyasi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy ishtirok etdi.

Senator va deputatlar MDH medallari bilan taqdirlandi

 

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi tuzilganligining 30 yilligi munosabati bilan senatorlar, deputatlar hamda vazirlik va idoralar vakillariga yubiley medallari va esdalik nishonlari topshirildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.

 

Senat Raisi Tanzila Narbayevaning so‘zlariga ko‘ra, Assambleya MDH hududida demokratik jarayonlar va parlamentarizmni hamda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

“Ushbu medal parlamentarizmni rivojlantirish va mustahkamlashdagi xizmatlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi faoliyatining huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish, xalqaro munosabatlar va parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun beriladi”, deyiladi MDH Parlamentlararo Assambleyasi xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика