Kuni kecha Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan hodisa va portlash oqibatida aholi juda katta zarar ko‘rdi.
Tanzila Norboyeva Senatda bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlisda Sergelidagi portlash oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarga hamdardlik bildirdi.
"Bunday og‘ir damlarda matonat ko‘rsatayotgan qutqaruvchi – harbiylarimizga, shifokorlarimizga, qolaversa, jablanganlarga beminnat yordam qo‘lini cho‘zayotgan fidoyi hamyurtlarimizga, yosh valontyorlar harakatiga barcha senatorlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz", - dedi Norboyeva.


