1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Senatorlar Ombudsman faoliyatini tanqid qildi

2022 yilda yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 387 nafar bola oilalarga va bolalar muassasalariga joylashtirilmagan.

Senatorlar Ombudsman faoliyatini tanqid qildi

 

Senat yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.

 

Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hisobot berdi.

 

Ombudsmanning milliy komissiyalardagi faoliyati, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, bolalar huquqlarini himoya qilish, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, ayniqsa, Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya faoliyatidagi ishtiroki keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Shu bilan birga, Ombudsman faoliyatida ayrim kamchiliklar saqlanib qolganligi senatorlar tomonidan qayd etildi.

 

Jumladan, 2022 yilning 2-yarim yilligida Yagona onlayn platforma orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Ombudsman faoliyati nisbatan past baholangan.

 

Ombudsman tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taʼsir choralarining samaradorligi pasaygan.

 

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari ayrim viloyatlarda tashkil etilmagan. 

 

Ombudsman tomonidan yetarlicha choralar ko‘rilmaganligi oqibatida 2022 yilda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 387 nafar bola oilalarga va bolalar muassasalariga joylashtirilmaganligi, uy-joy berilishi rejalashtirilgan 25 nafar bola esa uy-joy bilan taʼminlanmaganligi senatorlar tomonidan haqli ravishda tanqid qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика