Senegaldagi shifoxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 11 nafar chaqaloq nobud bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” nashri abar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, alanga yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limida yuz bergan. Yong‘in qisqa tutashuv natijasida boshlangan. Shifoxona rahbariyatining aytishicha, bu vaqtda ichkarida bo‘lgan ikki xamshira chaqaloqlarni olib chiqishga harakat qilgan, ammo olov kuchayib borgani sabab o‘zlari tashqarishga qochishga majbur bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.


