1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sergelidagi voqea bo‘yicha tergovga xalaqit qilmaslik so‘raldi

BP tergov natijasi haqida qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qildi.

Sergelidagi voqea bo‘yicha tergovga xalaqit qilmaslik so‘raldi

 

Sergeli tumanida ayol kishi uch nafar farzandini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, hozirgi kunda sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq holatlar yuzasidan turli ijtimoiy tarmoqlarda surishtiruvlar o‘tkazilib, vafot etgan shaxs hamda uning yaqin qarindoshlarining shaxsiy hayoti, shaʼniga doir maʼlumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatib kelinmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, tarqatilayotgan ushbu maʼlumotlar tergovning obyektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.

 

«Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib o‘tamiz.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugaguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu fojiaga oid maʼlumotlarni tarqatmaslik va fuqarolar shaxsiy hayotini muhokama qilmaslikka chaqiramiz.

Tergov natijasi haqida qo‘shimcha ravishda maʼlum qilinadi», — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni soat 19.20 larda Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashlagandi. Hodisa oqibati ularning barchasi voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish) va 103 (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика