1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sertifikati bor shifokorlarning oyligi oshiriladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida maʼlum qildi.

Sertifikati bor shifokorlarning oyligi oshiriladi

 

Sertifikati bor oilaviy shifokorlarning oylik ish haqi 2 karra oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

 

“Yana bir yangi tashabbus. Endi, oilaviy shifokorlarni kafolatlangan tibbiy xizmatlar bo‘yicha qayta tayyorlab, ularga malaka sertifikati beramiz. Sertifikati bor shifokorlarning oylik ish haqi 2 karra oshiriladi.

 

Xuddi shu tartibni tibbiyotning haqiqiy fidoyilari bo‘lgan hamshiralarimizga ham joriy qilamiz.

 

Tibbiyot xodimlariga ko‘p yillar ishlaganlik uchun to‘lanadigan ustamalar miqdori ham qayta ko‘rib chiqilib, oshiriladi.

 

Tez tibbiy yordam avtomobil parki kelgusi yetti yilda to‘liq yangilanadi va ularning 50 foizi elektromobillar bilan to‘ldiriladi. Bu orqali, yonilg‘ining o‘zidan yiliga 200 milliard so‘m tejaladi va ushbu mablag‘lar tez tibbiy yordam xizmatlarini rivojlantirishga sarflanadi”, – dedi nomzod.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика