1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sevgi pulga sotilmaydimi?

Juftini izlayotgan dunyo milliarderlari.

Sevgi pulga sotilmaydimi?

 

Hatto dunyodagi eng boy odamlar ham sevgida ba'zan omadsiz bo'lishadi. Ilon Mask va Makkenzi Skott, Kim Kardashian va Tayler Perri. Bu amerikalik milliarderlar hali ham o'z juftlarini izlashmoqda.

 

Sayyoraning eng badavlat va mashhur shaxslarining ko'pchiligi bu yil sevishganlar kunini yolg'iz o'tkazdi. Bu "Sevgini pulga sotib olib bo'lmaydi" degan gapning isbotimi?

 

Ularning aksariyati ajrimlarni (bir marta, ikki marta yoki hatto uch marta ham) boshdan kechirgan. Xullas, yolg'iz milliarderlar bilan tanishing.

 

Ilon Mask

Boyligi: 187,2 milliard dollar

Tesla va SpaceX kabi kompaniyalar egasi hozirgacha uch marta ajrimni boshdan kechirgan.

Dunyoning eng boy odamlaridan biri hali ham haqiqiy sevgisini izlamoqda. Mask 2017-yilda Rolling Stone nashriga aytganidek:

“Agar men oshiq bo‘lmasam, sodiq munosabatda bo‘lmasam, o‘zimni baxtli his qilmayman. Yonimda sevgan odamim bo'lmasa, men hech qachon baxtli bo'lmayman. Yolg'iz uxlashga, shunchaki, chidab bo'lmaydi".

 

Jek Dorsi

Boyligi: 4,9 milliard dollar

46 yoshli "Twitter" asoschisi va sobiq bosh direktori Jek Dorsi ko'plab ayollar bilan munosabatda bo'lgan, ammo, umuman olganda, u shaxsiy hayotini reklama qilmaydi. Texnologik biznesda bo'lmaganida milliarder litsenziyaga ega massaj terapevti sifatida ishlashi va bir vaqtning o'zida hatto moda dizayneri bo'lishi mumkin edi.

Dorsi bilan tanishmoqchi bo'lgan ayollar romantik kechki ovqat haqida unutishlari kerak. U kuniga faqat bir marta, kechqurun ovqatlanadi.

 

Loren Pauell Jobs

Boyligi: 12,5 milliard dollar

2011-yilda turmush o'rtog'ining vafotidan so'ng Stiv Jobsning bevasi (ular 1991-yilda turmush qurishgan) ta'sirchan investitsiyalar sohasidagi faoliyatga e'tibor qaratdi, Emerson Collective'ga asos soldi va unda prezident lavozimini egalladi. Lorenning "Apple" kompaniyasi marhum asoschisidan uch nafar farzandi bor. Erining o'limidan keyin u bir nechta erkaklar bilan, jumladan, Bostonning sobiq meri Adrian Fenti va Eleven Madison Park restoranining oshpazi Deniel Xemm bilan uchrashgan, ammo hali ham turmush qurmagan.

 

Brayan Cheski

Boyligi: 9,1 milliard dollar

Airbnb asoschisi va bosh direktori 41 yoshli Brayan Cheski yaqinda rassom Elissa Patel bilan ishqiy munosabatlarini yakunladi. U ko'p vaqtini sevimli Sofi laqabli iti bilan o'tkazadi.

 

Melinda Frеnch Geyts

Boyligi: 6,7 milliard dollar

1994-yilda Bill Geytsga turmushga chiqishidan ancha oldin Melinda Frеnch Microsoft’da multimedia mahsulotlarini muvaffaqiyatli ishlab chiquvchi edi. Birinchi farzandi tug'ilgandan so'ng, u kompaniyani tark etdi va butun e'tiborini dunyodagi eng yirik xususiy xayriya tashkiloti Bill va Melinda Geyts jamg'armasi hamraisi sifatidagi ishiga qaratdi. 27 yillik nikohdan keyin 2021-yilda ajrashganiga qaramay, sobiq er-xotin xayriya ishlarida birga ishlashda davom etmoqda.

Bill Geyts yaqinda Oracle kompaniyasining sobiq bosh direktori Mark Xerdning bevasi Paula Xerd bilan munosabatlarini boshlagan edi va Melinda 2022-yil oxirida, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, FOX muxbiri Jon Dyupri bilan uchrashgan.

 

Ken Griffin

Boyligi: 32,8 milliard dollar

54 yoshli Ken Griffin 1990-yilda asos solgan Citadel Advisors xedj-fondi orqali boylik topdi, biroq so‘nggi 15 yil davomida butun dunyo bo‘ylab hashamatli uylarni yig‘ish bilan shug‘ullanmoqda. Ikki marta ajrashgan Griffin Nyu-Yorkda bir nechta kvartiraga, jumladan Manxettendagi 238 million dollarlik penthausga ega. Bundan tashqari, u Mayamida bir nechta hashamatli ko'chmas mulk obyektlari, shuningdek, Aspen, London, Gavayidagi uylari va Nyu-Yorkning shimoli-sharqidagi hashamatli villaga ega. Shuningdek, Griffinning Palm-Bichda okean sohilidagi 450 million dollarlik turar-joy majmuasi ham bor.

 

Makkenzi Skott

Boyligi: 26,8 milliard dollar

52 yoshli yozuvchining sobiq eri Jeff Bezos tomonidan asos solingan Amazon korporatsiyasida 4 foiz ulushi bor. Ular 25 yillik turmushdan so'ng 2019-yilda ajrashgan.

2021-yilda Skott Sietl maktabining sobiq fan o‘qituvchisi bo‘lgan Den Jewettga turmushga chiqdi. Afsuski, er-xotin yanvar oyida ajrashishdi. Bugungi kunda Skott hayotining muhim qismi xayriya bilan bog'liq. Ikki yil ichida u 1600 ga yaqin xayriya tashkilotlariga 14 milliard dollardan ortiq pul o’tkazib berdi.

 

Nikolay Berggryuen

Boyligi: 3,1 milliard dollar

2000-yillar boshida Nikolas Berggrun hashamatli mehmonxonalarda yashash uchun Nyu-York va Mayamidagi kvartiralarini sotib yuborgan “uysiz milliarder” sifatida mashhur bo‘ldi. 2016-yilda surrogat onadan ikkita farzand ko'rdi, ammo u hali ham oila qurmagan. 61 yoshli milliarder boy san'at kolleksionerining o'g'li bo'lib, demokratiya va kapitalizm kelajagiga yo'naltirilgan Berggruen institutini boshqaradi.

 

Kim Kardashyan

Boyligi: 1,7 milliard dollar

42 yoshli Kim Kardashyan o'z hayotini kamera oldida o'tkazishni afzal ko'radi va hayotini hech kimdan yashirmaydi. U uchta ajrimni boshdan kechirgan. Kardashyan kimni izalyotganini yaxshi bilishini aytgan.

 “Men ehtimol uni boshqa joydan izlashim kerak.  Menimcha, u, olim, nevrolog, biokimyogar, shifokor, huquqshunos bo'ladi — menga shunday odam kerak", — dedi milliarder bergan intervyusida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика