Maxsus ruknlar

Sevgi yosh tanlamaydi: siyosatdagi "ota (ona)-bola" juftliklar

Oilaning tinch-totuv yashashi er-xotinning yoshiga emas, ko‘proq bir-birini tushunishi, o‘rtadagi ishonch va muhabbatga bog‘liq.  Dunyo siyosatchilari orasida o‘zidan bir necha yosh katta yoki kichik bo‘lgan insonlar bilan oila qurganlar ko‘p.

Qiziqarli siyosat loyihasining bugungi sonida g‘ayrioddiy sevgi hikoyasi bilan mashhur bo‘lgan taniqli siyosatchilar haqida maʼlumot beramiz. 

 

Sevgi yosh tanlamaydi: siyosatdagi "ota (ona)-bola" juftliklar

Gerxard Shreder va Kim So Yon (farq: 48 yosh )

Germaniyaning sobiq kansleri Seulda Gerxard 2018 yilda o‘zidan 48 yosh kichik, koreys tarjimoni — Kim So Yonga uylanadi. Gerxard besh marta oila qurgan siyosatchi.

Rafiqalari ichida u nemis jurnalisti va yozuvchisi Doris Shreder-Kopf bilan eng ko‘p — 20 yilga yaqin birga yashagan.

 

Sevgi yosh tanlamaydi: siyosatdagi "ota (ona)-bola" juftliklar

Mishel va Marsela Temer (farq: 42 yosh )

Mishel Temer Braziliyaning ikkinchi prezidenti. U 2016 yildan 2019 yilgacha o‘zidan oldingi prezident Dilma Russeff impichment orqali hokimiyatdan chetlashtirilgach, mamlakat prezidenti bo‘lgan.

Sobiq go‘zallik timsoli Marsela uning ikkinchi xotini. Ular tanishganda Mersela xonim 19, Mishel Temer esa 60 yoshda bo‘lgan. Bu juftlik  2003 yilda sevgisini oila rishtasi bilan bog‘laydi.

 

Sevgi yosh tanlamaydi: siyosatdagi "ota (ona)-bola" juftliklar

Donald va Melaniya Tramp (farq: 24 yosh )

Sobiq AQSH prezidenti Donald Tramp sevgilisi Melaniya bilan tungi klubdagi ziyofatda tanishgan (1998 yil). Juftlik 2005 yilda turmush quradi. Bu Melaniya uchun birinchi, Donald uchun esa uchinchi turmush.

 

Sevgi yosh tanlamaydi: siyosatdagi "ota (ona)-bola" juftliklar

Emmanuel va Bridjit Makron (farq: 24 yosh )

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘zining o‘qituvchisiga uylangan.  Ular 2007 yilda (Bridjit sobiq eri bilan ajrashganidan keyin) turmush qurgan.

 

 

Sevgi yosh tanlamaydi: siyosatdagi "ota (ona)-bola" juftliklar

Nikolya Sarkozi va Karla Bruni-Sarkozi (farq: 13 yosh )

Nikolya Sarkozi Fransiyaning sobiq prezidenti. U  model, qo‘shiqchi va tarjimon ayol — Karla Bruni bilan 2007 yilda tanishgan.

Karla Bruni 5 ta xorijiy til bilgani bois, turmush o‘rtog‘iga rasmiy vazifalarni bajarishda yordam bergan. Ularning birinchi farzandi Yelisey saroyida tug‘iladi.

Sarkozining og‘ir damlarida ham rafiqasi uni tashlab ketmagan.

 

 

 Sevgi yosh tanlamaydi: siyosatdagi "ota (ona)-bola" juftliklar

Mitch Makkonnell va Eleyn Chao (farq:11 yosh)

Kentukki senatori Mitch Makkonnel va uning rafiqasi o‘rtasidagi yosh farqi o‘n bir yil. Juftlikning ikkalasi ham siyosatchi.

 

 

 

Sevgi yosh tanlamaydi: siyosatdagi "ota (ona)-bola" juftliklar

Jo va Jill Bayden (yosh farqi: 9 yil)

AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden va Jill xonimning sevgi tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu turmush er-xotin uchun ham birinchi turmush emas. Ular 1977 yilda turmush qurishgan va 46 yildan beri birga.

Maʼlumot uchun: Baydenning sobiq rafiqasidan 3 nafar (2 o‘g‘il va 1 qiz) farzandi bor. Ayoli va qizi 1972 yilda avtohalokatda vafot etgan.

 

 

Sevgi yosh tanlamaydi: siyosatdagi "ota (ona)-bola" juftliklar

Berni va Jeyn O‘mira Sanders (farqi: 8 yosh)

Senator Berni Sanders xotinidan sakkiz yosh katta. Vermont senatori hozir 81, uning ikkinchi rafiqasi Jeyn Omira Sanders esa 73 yoshda. Bu juftlik 35 yildan beri birga. 

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish