1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Sevimli” telekanalida “Sabriya” seriali bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rildi

Bugun, 20 yanvar kuni “Sevimli” telekanali taʼsischilarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov taklif qilindi.

“Sevimli” telekanalida “Sabriya” seriali bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rildi

 

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Kanal Kuzatuv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib jamoatchilik asosida F.Abduxoliqov saylandi.

 

Taʼsischilarning qarori bilan Bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xo‘jayev va bosh muharrir  Q.Saydaliyev o‘z vazifasidan ozod etildi.

 

Yig‘ilishda shu paytga qadar O‘zEOAVMA bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan J.Safoyev kanal bosh direktori vazifasiga tayinlandi.

 

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan, F.Abuxoliqov, kanal efiriga uzatilgan “Sabriya” serialini badiiy saviyasini tanqid ostiga olib, “biz telekanal muxlislari va jamoatchilikdan uzr so‘raymiz va kelgusida yangi tayinlangan bosh direktor, nafaqat seriallar, qolaversa barcha media mahsulotlarning g‘oyaviy-badiiy jihatlariga masʼul ekanligini uqtirgan holda, barcha chora- tadbirlarni ishlab chiqishi zarur”, -deb taʼkidladi kuzatuv kengashi rahbari.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика