Turk seysmologi Naji Geryur Turkiya kuchli zilzilalar davrini boshdan kechirishini aytdi. Avvalroq ekspert Istanbulda yangi kuchli silkinishlar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Seysmolog tabiiy ofatlar ehtimoli juda yuqori ekanligini taʼkidlab, ularga tayyorgarlik koʻrishni talab qildi. Ekspertning soʻzlariga koʻra, hozir Istanbul zilzilalarga tayyor emas, aholini himoya qilish uchun koʻp ish qilish kerak.
Eslatib o'tamiz, avgust oyi boshida Marmara dengizida Istanbul qirg‘oqlari yaqinida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.


