Bugun, 26 mart kuni Shahrisabz aeroporti ikki haftalik tanaffusdan so‘ng muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qabul qilishni boshladi.
Uzbekistan Airports axborot xizmatiga ko‘ra, havo qatnovini Silk Avia kompaniyasining US721 reysi ochib bergan. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:17 da Shahrisabz aeroportiga qo‘ngan.
13 mart kuni Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital taʼmirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan faoliyatini vaqtincha to‘xtatgandi.
Uzoq muddatli foydalanishdan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagi sirti mustahkamlanib, yangi asfalt bilan almashtirilgan. Yurish yo‘lagini taʼmirlash ham yaqin vaqt ichida yakunlanadi.