1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Aeroportda taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

13 mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 25 mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital taʼmirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

 

Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddat - 1983 yildan beri ishlatilishi munosabati bilan hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng kapital qurilish va taʼmirlash ishlari olib boriladi. 

 

Xususan, 1554 M uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, yurish yo‘lagining ustki qatlami ham taʼmirlanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra, qurilish-taʼmirlash ishlarini “Farg'ona yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi” olib boradi.

 

Shu paytgacha Shahrisabz aeroportida samolyotlarni qabul qilish imkoniyati cheklangan edi – parvozlar haftasiga ikki marta kichik L-410 samolyotlarida amalga oshirilardi. Uchish-qo‘nish yo‘lagi taʼmirlangandan so‘ng aeroport o‘rta masofaga mo‘ljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика