1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shahrisabzda fuqaro YPX mashinasiga zarar yetkazdi

U mashina oynalarini belkurak bilan sindirgan.

Shahrisabzda fuqaro YPX mashinasiga zarar yetkazdi

Hodisa Shahrisabz shahar “Bo‘ston” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Shu yerda “Uymoot” mahallasida yashovchi fuqaro o‘z boshqaruvidagi mototransport vositasini to‘xtab turish taqiqlangan joyda qoldirgan. Shu sabab Lacetti xizmati avtomashinasi bilan xizmat olib borayotgan YPX xodimlari mazkur fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

 

Ammo haydovchi mototransport vositasi yukxonasida bo‘lgan belkurakni qo‘liga olib, Lacetti xizmat avtomobilining old va orqa oynalarini urib sindirib, avtomashinaga moddiy zarar yetkazgan.

 

 

“To‘xtash taqiqlangan joyda mototransport ulovimni qo‘ygandim. Shunda yo‘l-patrul xizmati xodimlari kelib, huquqbuzarligim uchun menga maʼmuriy bayonnoma tuzib berishdi. Men o‘sha maʼmuriy bayonnomaga biroz eʼtiroz qilib, o‘zimni boshqara olmay, asabiylashib, avtomobilimdagi mehnat qurolim bilan yo‘l-patrul xizmati xodimining avtomashinasiga bexosdan zarar yetkazib qo‘ydim. Qilgan ishimdan afsusdaman, pushaymonman. Bu ishni hech kimga maslahat bermayman. Bu holat qayta takrorlanmasligiga so‘z beraman”, - dedi haydovchi.

 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudida qonunbuzar haydovchiga 7 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика