1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shahzoda Garri qirollik unvonidan rasman mahrum qilindi

Uning unvoni qirollik oilasi veb-saytidan olib tashladi.

Shahzoda Garri qirollik unvonidan rasman mahrum qilindi

 

Qirollik oilasi shahzoda Garrining rasmiy unvonini o‘z veb-saytidan olib tashladi.

 

Bukingem saroyi bilan kelishuv doirasida qirolicha Yelizaveta II 2020 yilda er-xotin endi Qirollik oliylari unvonidan foydalanmasliklarini eʼlon qilgandi. Bundan tashqari, Sasseks gersogi va gersoginyasining ismlari ham oilaning bosh sahifasining pastki qismiga, qirol oilasining ishlaydigan aʼzolari ostiga ko‘chirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Sasseks gersogi taxt vorisligiga akasi shahzoda Uilyam va uning uch farzandi – shahzoda Jorj, malika Sharlotta va shahzoda Luidan keyin beshinchi o‘rinda turadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика