News Group Newspapers (NGN) mediakonserniga qarshi sudda katta mojaro kelib chiqdi. Shahzoda Garri tashkilotga qarshi qo‘zg‘atgan jinoiy ishi qirollik oilasiga qarshi ommaviy yurish bo‘lgani masalaning bir tarafi bo‘lsa, uning ko‘rsatmatlariga sudyaning ishonmayotgani boshqa tarafidir.
Jarayonni olib borayotgan sudya Fenkort shahzodadan yolg‘onlar ichida o‘ralashib, o‘zini qiynamaslikni so‘radi.
Avvalroq NGN‘ni sudga bergan shahzoda Garri konsernni o‘tgan yili bir necha marta telefoniga hujum qilganlikda va qo‘ng‘iroqlarni tinglaganlikda ayblagan.
Ammo u aytayotgan holat bundan o‘n yillar avval ro‘y bergan. O‘shanda shahzoda qirollik oilasi bu haqda xabardor ekani va Garridan bu maʼlumotni atayin berkitganini maʼlum qilgandi.
Endi esa Garri o‘shanda buvisi Yelizaveta va qarindoshlari NGN rahbari Rupert Merdok bilan maxfiy kelishuv tuzgani uchun avvalroq kompaniyani sudga bera olmaganini aytmoqda. Kelishuvga ko‘ra, qirollik oilasi kuzatuv masalasini ko‘tarmaslik va kompaniya bilan sudlashmaslikka majbur bo‘lgan. Buning evaziga Garrining akasi shahzoda Uilyam katta miqdorda pora olgan.