Xitoyning Shanxay shahridagi neft-kimyo zavodida keng ko‘lamli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Yong’in "Sinopec Shanghai Petrochemical" davlat neft kompaniyasiga tegishli etilen glikolni qayta ishlash zavodida yuz bergan.
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Havoga zaharli moddalar tarqagani taxmin qilinmoqda.
“Oʻt oʻchiruvchilar hozirga kelib olovni toʻxtatishga muvaffaq boʻlishdi”, deyiladi kompaniyaning Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida eʼlon qilingan bayonotida.


