Nazokat Bo‘riyeva O‘zbekistonda topayotgan pulidan qanoatlanmay xorijga ish izlagani ketadi. Qizi Sitorani esa yaqinlariga ishonib topshirib ketadi. Xorijdan qaytgach hali turmush qurmagan qizining xomilador ekpnligini payqaydi. Yolg‘iz nazoratsiz tashlab ketganiga afsus chekadi. Sharmandalikdan qutilish maqsadida qizini Sirdaryoga yashaydigan tanishining uyiga jo‘natadi.
Sitora O‘lmasjonova tug‘ruqxonada ko‘zi yorishidan ikki-uch kun oldin Shohsanam ismli ayol bilan tanishib qoladi. Suhbat asnosida Sitora yangi tanishiga tug‘ilajak farzandini 3 ming 200 AQSH dollariga sotish niyatida ekanini aytadi. Odam topib berishni so‘raydi.
Shunda Shohsanam ona-bolaning noqonuniy xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Bundan bexabar Sitora tug‘uruqxonadan chiqishayotganini aytib, Shohsanamga qo‘ng‘iroq qiladi. Tug‘uruqxonaga yetib borgan Shohsanam ularni o‘zining xonadoniga olib boradi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Shohsanaming dugonasi Shoira kelishilgan pulni olib keladi. N.Bo‘riyeva Shohsanamdan 3 ming 200 AQSH dollarini sanab oladi. Kelishuvga ko‘ra, Sitora fuqaro Sh. Inomovaga o‘z xohishi bilan bolasini topshirgani va buning evaziga 3 ming 200 AQSH dollar miqdoridagi pullarni olgani, kelgusida daʼvo qilmasligini bayon etib, tilxat yozib beradi. Tilxatga Sitora bilan birga onasi N.Bo‘riyeva ham imzo qo‘yadi.
Chaqaloqni jabrlanuvchilarga topshirgan bolafurushlar uydan chiqishi bilan qo‘lga olindi va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Voyaga yetmagan Mohina O‘lmasjonova "Bolalar uyi"ga topshirildi.
Sudlanuvchilar N.Bo‘riyeva va S.O‘lmasjonovani Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Munojat Valiyeva


