1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi

Tashrif doirasida Prezident Katalina Novak va Bosh vazir Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya tomonining taklifiga binoan 3-4 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot  xizmati xabar qilmoqda.

 

Tashrif doirasida Budapesht shahrida Vengriya Prezidenti Katalina Novak va Bosh vaziri Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zbekisto–Vengriya sammitining kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

 

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, farmasevtika, agrosanoat majmui, mashinasozlik, suvni tejash va boshqa yo‘nalishlarda sanoat kooperasiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashiladi.

 

Muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.


Bundan tashqari, davlat rahbari Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика