1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston haqida gapirdi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston haqida gapirdi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi.

 

«Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikni taʼminlash, uning ijtimoiy va iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish bizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qolishi kerak. Biz eng yaqin qo‘shnimiz, bu mamlakatdagi barqarorlikdan hammadan ko‘ra ko‘proq manfaatdor bo‘lishimiz kerak. Xalqaro hamjamiyat bu muammoni qanday qabul qilishi ko‘p jihatdan bizga bog‘liq», — deydi O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida. 

 

Xususan, Prezident uchrashuvda bir qator takliflarni ham ilgari surdi:

 

  • tovarlarni yetkazib berishning yagona qoidalari va soddalashtirilgan tartib-qoidalariga ega bo‘lgan chegara savdo zonalari tizimini yaratish;
     

  •  har yili Markaziy Osiyo mintaqalari forumi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;
     

  • Hindiston, Pokiston va Xitoy bozorlariga chiqish uchun muqobil transport yo‘laklarini ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;
     

  • aholini keng nomenklaturadagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashning kompleks sxemasini birgalikda ishlab chiqish;
     

  • Markaziy Osiyo madaniyat, sanʼat va kino festivalini mamlakatlarimizda navbatma-navbat o‘tkazish;
     

  • o‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash uchun qo‘shma ekspertlar guruhini tashkil etish;
     

  • yoshlar siyosatining umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnomani tayyorlash.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика