1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi

Tashrif dasturida XXR raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17-18 oktyabr kunlari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ladi.

Yubiley sammitning kun tartibidan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish dasturlarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan. 

O‘tgan o‘n yillik davrda ko‘p tomonlama sheriklikda erishilgan asosiy natijalar sarhisob qilinadi, kelgusi hamkorlikning yangi vazifalari belgilab olinadi.

Davlat rahbari forumning yalpi sessiyasida dasturiy nutq so‘zlashi hamda “Makon va yo‘l” tashabbusi doirasidagi xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan o‘z nuqtai-nazarini bayon qilishi kutilmoqda.

Tashrif dasturida XXR raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика