1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Bokuga boradi

Tashrif doirasida Prezident Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Bokuga boradi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-2 mart kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Boku shahriga tashrif doirasida davlat rahbari Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

 

Ozarbayjon tomonining raisligida o‘tadigan tadbir kun tartibidan pandemiya oqibatlarining taʼsiri saqlanib qolayotgan hamda xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka xavf-xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda ko‘p tomonlama muloqotni rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashib, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, Qo‘shilmaslik harakati harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni hamda hamkorlikni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining prinsip va maqsadlari asosida rivojlantirishni o‘z tashqi siyosatining asosi etib eʼlon qilgan 120 ta ishtirokchi davlatni birlashtirgan eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика