1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Eron rahbari bilan uchrashdi

Muloqotda ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Eron rahbari bilan uchrashdi

 

Toshkentda o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida 9 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yana-da mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zaro muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Ikki tomonlama savdoda o‘sish surʼati saqlanib qolmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari birgalikda amalga oshirilmoqda.

 

Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi, logistikada o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

 

O‘zbekiston va Eron rahbarlari madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirish muhimligini ko‘rsatib o‘tdilar.

 

Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi bugungi vaziyat nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика