1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

Prezident Ostonadagi SHHT sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3-4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

 

Sammit kun tartibidan SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ham ko‘rib chiqiladi.

 

Yig‘ilish yakunida Ostona deklaratsiyasi hamda iqtisodiyot, xavfsizlik, ekologiya, energetika, turizm va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda sheriklikni kengaytirish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

 

Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика