1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat / 
  4. Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

16:09 / 11.10.2022

763

Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

Shavkat Mirziyoyev ertaga Qozog‘istonga boradi

Prezident u yerda xalqaro forumda qatnashadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-14-oktyabr kunlari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarida ishtirok etish uchun tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘ladi. 

 

13-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi xalqaro forum – Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida qit’ada xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

 

14-oktyabr kuniga rejalashtirilgan MDH mamlakatlari yetakchilarining uchrashuvida ko‘p tomonlama sheriklikning eng muhim jihatlari va amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

 

Bo‘lajak tadbirlarda alohida e’tibor o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperasiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikasiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalariga qaratiladi.

 

Bundan tashqari, sammitlar doirasida O‘zbekiston Prezidenti hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика