O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 7-oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy sammiti tadbirlarida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, tadbir kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.


