1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti maslahatchisini qabul qildi

Uchrashuvda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti maslahatchisini qabul qildi

 

Bugun, 3 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidentining maslahatchisi Izabel Dyumonni qabul qildi. Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va ikki mamlakatning har tomonlama sherikligini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.

 

Uchrashuvda faol siyosiy muloqotlarni davom ettirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan “yashil” energetika, qazib chiqarish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, suv taʼminoti tizimini, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda birgalikdagi yirik loyihalarni ilgari surish muhimligi alohida taʼkidlandi.

 

Parij shahridagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutidagi madaniy tadbir va ko‘rgazmalar muvaffaqiyatli o‘tgani yuksak baholandi. O‘zbekiston maktablarida fransuz tilini o‘rganishni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика