1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Prezident Turkmaniston yetakchisini shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi hamda Ashxobod shahrida ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Yaqindagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqib O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика