Shavkat Mirziyoyev Hindiston sharqidagi Odisha shtatida 2 iyun, juma kuni kechqurun poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 300 ga yaqin insonlarning halok bo‘lganligi sababli hamdarsdlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Odisha shtatida ro‘y bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yo‘llagan.
Shuningdek, davlat rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini ham tilagan.


