1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Telefon muloqotida O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligi, iqtisodiy kooperatsiya va madaniy-gumanitar almashinuv masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

24-dekabr kuni boʻlib oʻtgan telefon muloqotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

 

Davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uni birlashtirish, barqaror taraqqiyotini taʼminlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi tarixiy rolini alohida qayd etdi.

 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Ozarbayjon doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Joriy Iqtisodiy kooperatsiya yilida birgalikda amalga oshirilgan ishlar unumli boʻlgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Barcha darajada samarali muloqotlar va almashinuvlar davom etmoqda. Oʻzaro tovar ayirboshlash jadal surʼatlarda oʻsib bormoqda, “yoʻl xaritasi” asosidagi 20 ta ustuvor yoʻnalishdagi loyihalar faol pallaga kirgan.

 

Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar almashinuvlar dasturi amalga oshirilmoqda.

 

Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, kelgusidagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика