1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Islomobodga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni davlat tashrifi bilan Pokistonga keldi.

Shavkat Mirziyoyev Islomobodga keldi

 

Islomobod shahridagi aeroportda davlatimiz rahbarini Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.

Oliy darajadagi muzokaralar bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar natijasi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика